FAO

FAO sog‘lom ovqatlanish va oziq-ovqat tizimlari yo‘nalishida hamkorlikni mustahkamlamoqda

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) vakillari, jumladan Mary Kenny va Simona Gie (FAOning Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy ofisi, Budapesht) hamda Sog‘liqni saqlash va strategik rivojlanish instituti direktori Amrillo Shodiyevich Inoyatov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda FAOning “Oziq-ovqat tizimlari nuqtai nazaridan noto‘g‘ri ovqatlanishni bartaraf etish bo‘yicha ko‘ptarmoqli siyosiy tavsiyalar” loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, oziq-ovqat tizimlariga asoslangan ovqatlanish bo‘yicha qo‘llanmalarni (FSBDGs) ishlab chiqish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Tomonlar, shuningdek, 2030-yilgacha sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va kasalliklarning oldini olish strategiyasini ishlab chiqish doirasidagi hamkorlik istiqbollarini ko‘rib chiqdilar.

📌 Mazkur uchrashuv oziq-ovqat tizimlari orqali aholining ovqatlanish holatini yaxshilashda ko‘ptarmoqli yondashuv muhimligini yana bir bor ko‘rsatdi.