2022-yil 29-noyabr kuni Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti qoshidagi akademik litseyda “Kuchli ta’sir etuvchi dori vositalarini nazoratsiz qo‘llash va iste’mol qilish, ularning inson salomatligi va hayotiga salbiy ta’siri” mavzusida axborot-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.


Тadbir Aholi sog‘lom turmush tarzi va jismoniy faolligini qo‘llab-quvvatlash markazi hamda «Ibn Sino» jamoat fondi hamkorligida akademik litsey rahbariyati ko‘magida hamda “Genetika markazi” DNK test va profilaktika tibbiyot markazi ishtirokida tashkil etildi. Tadbirda Toshkent shahar IIBB xodimlari ishtirok etdi.
Aholi sog‘lom turmush tarzi va jismoniy faolligini qo‘llab-quvvatlash markazi xodimi, “Ibn Sino” jamoat fondi maslahatchisi Valiyeva M.X. yoshlarni psixofaol moddalarning inson salomatligiga zararli ta’siri bilan tanishtirdi. Genetika DNK tekshiruvi va profilaktik tibbiyot markazining mutaxassisi Anna Alekseevna Samoylenko «Giyohvandlik va genetika» mavzusida prezentatsiya taqdim etdi.
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi, podpolkovnik Axmedova Asiya Mustafoevna yig‘ilganlarga kuchli ta’sir etuvchi vositalarni nazoratsiz iste’mol qilish, muomalada bo‘lish va iste’mol qilish holatlari, shuningdek, huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktika ishlari bilan tanishtirdi.
Tadbir interaktiv munozara shaklida o‘tkazildi.